» » Qozog‘iston bojxonachilari Xitoydan kelgan tovarni O‘zbekistonga olib o‘tish uchun pora undirib kelgani aniqlandi

Qozog‘iston bojxonachilari Xitoydan kelgan tovarni O‘zbekistonga olib o‘tish uchun pora undirib kelgani aniqlandi


Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi poraxo‘rlikda gumon qilinayotgan bojxona postlarining 20 dan ortiq xodimlariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Dastlabki tergov “Nur yo‘li”, “Kaljat” va “Kosinbayeva nomidagi” bojxona postlarining bojxona, fitosanitariya, veterinar va transport nazorati xodimlariga nisbatan olib borilmoqda.

“Xodimlarning 20 dan ortig‘i Xitoydan kelgan tovarlarning O‘zbekistonga to‘siqsiz olib kirish uchun tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaridan tovlamachilik bilan pora olganlikda gumon qilinmoqda”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Qayd etilishicha, “olib borilgan tintuv davomida jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan katta miqdordagi xorijiy va milliy valyutadagi pul mablag‘lari olib qo‘yilgan”.

Hozirda uch nafar gumonlanuvchi sud sanksiyasiga ko‘ra hibsga olingan. Jinoyat ishining boshqa ishtirokchilari aybiga to‘liq iqror bo‘lgani tufayli ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan choralar qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют