» » Rossiyalik erkak uyi balkoniga chiqib, ikki bolani yong‘indan qutqarib qoldi (video)

Rossiyalik erkak uyi balkoniga chiqib, ikki bolani yong‘indan qutqarib qoldi (video)


Rossiyaning Primorsk o‘lkasi Fokino shahrida yashovchi 25 yoshli erkak uyi balkonidan osilgan holda pastki qavatdagi yonayotgan xonadon balkonidan ikki qizchani qutqardi. Bu haqda Rossiya FVV hududiy boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Videoda erkakning o‘ta qaltis vaziyatda ikki qizchaning qo‘lidan tortib ularni tepaga chiqarib olganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, uyda yashovchi boshqa kishilar har ehtimolga qarshi pastda qutqaruv gilamini tutib turgani ham videoga tushgan.

Qayd etilishicha, o‘sha paytda uyning oltinchi qavatidagi ikki xonadon yonib ketgan. Mahalliy aholi vakillari tezda uylarni tark etib, ko‘chaga chiqqan. Jabrlanuvchilarga tibbiy xizmat talab etilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют