» » Humo Arena xokkey bo‘yicha navbatdagi xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi

Humo Arena xokkey bo‘yicha navbatdagi xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi


2—5-iyun kunlari Toshkent shahrida xokkey bo‘yicha bolalar o‘rtasida Tashkent Cup xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mazkur musobaqada O‘zbekiston, Latviya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan jami 5 ta jamoa ishtirok etadi.

Poytaxtdagi Humo Arena muz saroyida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqa g‘olibligi uchun “Riga” (Latviya), “Kaysar” (Qozog‘iston) va “Alga” (Qirg‘iziston) jamoalari bilan birga O‘zbekistonning “Binokor” va “Tashkent city” klublari yosh xokkeychilari ham da’vogarlik qiladi.

Latviya va Qozog‘iston jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 2-iyun kuni ertalab soat 9:00 da boshlanishi belgilangan.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, barcha jamoalar aylanma tizimda ikki davrada bir-birlari bilan to‘qnash keladi. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib bo‘ladi. Ochkolar bo‘yicha tenglik yuzaga kelgan taqdirda, avvaliga o‘zaro uchrashuvlar, so‘ngra gollar nisbati, kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan shaybalar soniga murojaat qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2—4-iyun kunlari Humo Arena’da o‘tkaziladigan xokkey uchrashuvlariga kirish bepul.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют