» » YaC 2019: “Yandeks” haydovchisiz avtomashina, aqlli uy va ko‘plab kelajak texnologiyalarini namoyish etdi

YaC 2019: “Yandeks” haydovchisiz avtomashina, aqlli uy va ko‘plab kelajak texnologiyalarini namoyish etdi


“Yandeks” 23-may kuni Moskvada “Kelajak tafsilotlari” deb nom olgan navbatdagi YaC 2019 konferensiyasini o‘tkazdi. Konferensiyasida kompaniya aqlli uylar, aqlli rozetka, lampochka, TV-modul hamda odamlar turmush tarzini yanada yengillashtirishga qaratilgan bir nechta innovatsion yechimga ega texnologiyalarini taqdim qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

YaC 2019 ochilishida “Yandeks” asoschilaridan biri va rahbari Arkadiy Voloj haydovchisiz avtomobilni namoyish etib, tez orada bunday avtomobillar Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Qozon kabi yirik shaharlari yo‘llariga chiqarilishini ma’lum qildi.

Haydovchisiz avtomobillar haqida

Konferensiya ochilishida sahnaga haydovchisiz avtomobilda kirib kelgan kompaniya rahbari, aynan shunday mashinalar Rossiyaning yirik shaharlarining ko‘chalariga chiqishi uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilishi kutilayotgani ma’lum qildi. Kompaniya hozirda ko‘chalarga 100 ta haydovchisiz mashinani olib chiqishga tayyor.

Birinchi bosqichda haydovchisiz avtomobillar haydovchilar bilan harakatlanadi — haydovchilar xavfli holatlarda boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi ko‘zda tutilgan. Avtomobillar turli sharoitlarda harakatlanib, ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Rossiyaning yirik shaharlaridan tashqari “Yandeks”ning haydovchisiz avtomobillari harakatini Isroil va AQShning Nevada shtatida ham sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, kompaniya o‘zining yangilangan “Yandeks.Avto” dasturini taqdim etdi. Endi siz avtomobilingizni “Alisa” ovozli buyruqlar tizimi yordamida boshqara olasiz. Masalan, Alisaga buyruq berib, mashina oynalarini yopish, smartfon yordamida eshiklarni ochish, masofadan turib mashinani o‘t oldirish va multimedia tizimini boshqarish mumkin bo‘ladi. Tizim pullik trassalarda to‘lovlarni o‘zi amalga oshiradi.

Bundan tashqari, tizim mashina evakuatsiya xizmati tomonidan olib ketilganida turgan joyidan o‘z egasiga SMS-xabar jo‘natib, qayerdaligi haqida ma’lumot beradi.

Agar avtomobil g‘ildiraklariga maxsus moslamalar o‘rnatilsa, internet aloqasi yomon bo‘lgan hududlarda harakatlanish joyi aynan shu datchiklar bergan ma’lumotlar asosida aniqlanadi va navigatorga kerakli ma’lumotlar uzatib turadi.

Yangilangan dastur 2019-yilning kuzida chiqarilishi kutilmoqda.

“Yandeks”ning taomlarni yetkazishga ixtisoslashgan tizimlari soni oshib, ular o‘rtasidagi farq borgan sari kamayib bormoqda. “Yandeks”ning bulutli texnologiyalarga asoslangan yangi xizmatida ovqat va taom tayyorlash tizimlari birlashtiriladi va u ko‘plab rossiyaliklar yaxshi ko‘rgan taomlar menyusidan iborat bo‘ladi.

Hamkor restoran oshpazlari tomonidan tayyorlangan taomlar “Yandeks”ning yetkazib berish xizmatlari tomonidan buyurtmachilarga olib boriladi. Bu esa ko‘pincha ishsiz turgan restoranlarning daromadini oshirish, buyurtmachilarga esa sifatli va yaxshi ovqatlarni iste’mol qilish imkonini beradi.

“Yandeks” foydalanuvchilarni ko‘proq video ko‘rishga jalb qilish niyatida. Kompaniya o‘zi ishlab chiqqan algoritmlar yordamida foydalanuvchilarga katta ehtimol bilan yoqishi mumkin bo‘lgan videolarni ko‘rsatmoqchi. Ma’lum qilinishicha, Efir servisi foydalanuvchi ko‘rishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatuv va videolar ketma-ketligini uch-to‘rt kun oldindan tuzib qo‘ya oladi.

Efir tizimi foydalanuvchining internetdagi faolligi, ma’lum saytlarda ko‘rgan videolari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi layk va dizlayklarni hisoblab, ko‘rish uchun videolarni tavsiya qiladi.

“Yandeks”dagilar videolarni televizorda ko‘rish qulayroqligini aytib, birdaniga “Yandeks.Modul” moslamasini ham taqdim qildi. Mazkur moslama televizorga ulanib, “Alisa” ovozli buyruqlar tizimi orqali boshqariladi.

“Yandeks”ning aqlli uylari foydalanuvchilarga “Alisa” ovozli buyruqlar tizimi orqali uydagi pultga ulangan har qanday jihozni boshqarishingiz imkonini beradi. Mazkur pult yordamida uydan uzoqroq masofada konditsioner yoqish yoki televizorni o‘chirish mumkin bo‘ladi.

Pult aqlli uy ekotizimining ajralmas qismi bo‘lib, “Yandeks” ushbu moslama bilan ishlay oladigan uy jihozlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar bilan tegishli shartnomalar imzolagan va ushbu kompaniyalar yaqin vaqt ichida “Yandeks” tomonidan yaratilgan tizimda aqlli uylar konsepsiyasiga asoslangan jihozlar ishlab chiqaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют