» » Samarqandning Past Darg‘om tumanida tug‘ma yurak nuqsonli 47 bolaning operatsiyasi xarajatini tuman hokimi zimmasiga oldi

Samarqandning Past Darg‘om tumanida tug‘ma yurak nuqsonli 47 bolaning operatsiyasi xarajatini tuman hokimi zimmasiga oldi


Past Darg‘omda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 123 nafari tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekishmoqda. Bu haqda ZarNews xabar berdi.

Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari A.O‘tayev bolalarga davolanishi uchun tegishli muassasalarga order berishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ma yurak nuqsonli bolalar to‘liq kardiolog vrachlar ko‘rigidan o‘tkazilgan. 2020-yil oxirigacha operatsiya qilinuvchilar navbatiga ham kiritilgan. Bemor bolalarning 23 nafari Toshkentda operatsiya qilingan. 1 nafari Rossiyada, 3 nafarining ota-onasi Hindistonda davolatib qaytdi.

Mutaxassislar tashxislariga asoslanib, 2008—2018-yillarda tug‘ilgan 47 nafar bolani zudlik bilan operatsiya qilish orqali sog‘lom hayotga qaytarish mumkinligini tuman hokimi Shunqor Xudayberdiyevga xabar qilingan. Har bir operatsiyaga 23 turdagi dori-darmonlar uchun 14 million so‘mlik xarajat talab qilinishi ham nazarga olindi. Tuman hokimi mablag‘ni hokimlik zimmasiga olishini aytgan.

Lolazor mahallasida yashovchi 8 yoshli Sherzod Sayfullayev ana shu tashabbus bilan boshlangan muolajada viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi yurak xirurgiya bo‘limi ochilishiga sabab bo‘lgan malakali shifokor Maqsud Saidovning birinchi bemori bo‘ldi. Ammo onasining so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdagi tibbiy ko‘rikda shifokorlar 2 bosqichda operatsiya qilinishini, lekin yashab ketishga kafolat yo‘qligini aytgan. Buning ustiga jarrohlik amaliyotiga oilaning qurbi yetmas edi. Tuman hokimligiga murojaatdan so‘ng, Samarqandda shu dard bilan tug‘ilgan bolalarni davolash muassasasi ochilgani ma’lum bo‘lgan.

Hokimlik qiymati 2 milliard so‘mlik operatsiya uchun muhim “Aksegenator” tibbiyot asbobini olishga mablag‘ ajratdi. Shart-sharoitlar yaratildi. Shu sabab Samarqandda ham murakkab bu amaliyotni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoni tug‘ildi.

Hozirgacha bu yerda 170 nafardan ortiq bolalar davolandi. Shu kecha kunduzda har kuni  bittadan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmoqda. Hech bir muassasada 5 kilogramm vazndagi bola murakkab bunday operatsiya stoliga yotqizilmaydi. Samarqandda bu jarrohlik amaliyoti ham muvaffaqiyatli o‘tdi.

Shifokorning aytishicha, tug‘ma yurak nuqsonli bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi uchun 23 turdagi dori-darmonlar zarur bo‘ladi. Bu kamida 14 million so‘m degani. Past Darg‘om tuman hokimi birinchi bo‘lib bu xarajatlarni to‘lash tashabbusi bilan chiqqani aholi tomonidan iliq kutib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют