» » Hindistonda ortiqcha qo‘l-oyoqlar bilan tug‘ilgan iroqlik 7 oyli bola muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Hindistonda ortiqcha qo‘l-oyoqlar bilan tug‘ilgan iroqlik 7 oyli bola muvaffaqiyatli operatsiya qilindi


Hindistonlik jarrohlar ortiqcha qo‘l-oyoqlar bilan tug‘ilgan iroqlik 7 oyli Karam ismli bolani muvaffaqiyatli operatsiya qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Muolajalar Dehli yaqinidagi Noida shahrining Jaypi kasalxonasida bo‘lib o‘tdi. Shifokorlar Karamning kasalligi poliomeliya deb atamoqda.

Uning davolanishi uch bosqichda olib borildi: avvaliga ortiqcha oyoqlar olib tashlandi, so‘ng yurak va tananing me’yordagi qon aylanishini ta’minlash uchun yurak qon-tomir tizimi operatsiya qilindi. Yakuniy bosqichda ortiqcha qo‘llar olib tashlandi.

Shifokorlar Karam operatsiyadan keyin tezda o‘ziga kelayotgani va 17-aprel, dushanba kuni uyiga, Iroqqa olib ketilishi mumkinligini bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют