» » O‘zbekistonda paketlarni olib kirishga belgilangan taqiq biznes foydasiga qayta ko‘rib chiqildi

O‘zbekistonda paketlarni olib kirishga belgilangan taqiq biznes foydasiga qayta ko‘rib chiqildi


Prezidentning 2018-yil 18-maydagi PQ–3730-son qaroriga tegishli tuzatishlar kiritildi, bu haqda Norma axborot-huquqiy portali xabar qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-yanvardan boshlab TIF TN bo‘yicha 3923 21 000 0, 3923 29 100 0, 3923 29 900 0 kodli mahsulotlarni mamlakatga olib kirish taqiqlangan.

Ushbu normaga ancha jiddiy tuzatishlar kiritildi:

— birinchidan, umuman olib kirish emas, faqat “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimi ostida joylashtirish taqiqlangan. Ushbu aniqlashtirish bilan boshqa bojxona rejimlariga joylashtirgan holda amalda olib kirishga ruxsat berilgan;

— ikkinchidan, taqiq faqat tutqichi kesilgan yoki tutqichli polimer plyonkali paketlarga nisbatan tatbiq etiladi. Tegishincha, tutqichsiz, yuqorida sanab o‘tilgan TIF TN kodlari bo‘yicha tasniflanadigan paketlarni import qilish mumkin;

— uchinchidan, ko‘rsatilgan tovar pozitsiyalarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shuningdek gumanitar yordam, reklama sifatida va sinov o‘tkazish uchun import qilinishi — taqiq ostiga tushmaydigan istisnoli holatlar. Avval bo‘lganidek, jismoniy shaxslar tovarlar va shaxsiy buyumlarini tashish va o‘rash chog‘ida o‘z ehtiyojlari uchun paketlarni olib kirishlari mumkin.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.05.2019-yildan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют