» » O‘zbekistonda tadbirkorlarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun yer maydonlari ajratib beriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun yer maydonlari ajratib beriladi


O‘zbekiston Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-avgustdan:

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun tuman va shahar hududlari tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida chiqindi to‘plash shoxobchalarida lozim darajadagi tozalikni ta’minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralash sharti bilan biriktirib beriladi;

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida biriktirib berish faqat tanlov asosida, nol stavkadan boshlanuvchi elektron auksion yo‘li bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi;

Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko‘rsatiladi.

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmagan deb topilgan hollarda, tegishli hududlar “Toza hudud” DUK yoki “Maxsustrans” DUKga tanlov o‘tkazilmagan holda biriktirib beriladi;

Davlat ekologiya qo‘mitasi maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasiga investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtiradi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlanadi:

Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar narxiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno);

O‘zbekiston Respublikasi hududida qalinligi 40 mikrondan kam bo‘lgan polimer plyonkali paketlarni ishlab chiqarish (eksport uchun ishlab chiqariladigan, tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan, xo‘jalikda foydalanish uchun rulonlarda sotiladigan polimer plyonkali paketlar, shuningdek, biologik chiriydigan polimer materiallardan tayyorlangan paketlar bundan mustasno);

O‘zbekiston Respublikasi hududiga polimer plyonkali paketlarni (TIF TN bo‘yicha 3923 21 000 0, 3923 29 100 0, 3923 29 000 kodli) olib kirish, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar va shaxsiy buyumlarni tashish va qadoqlash uchun olib kiriladigan paketlar, shuningdek, tamg‘alangan yuk bo‘linmasida tranzit tarzida olib o‘tiladigan tovarlar bundan mustasno.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlari maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga tegishli bo‘lgan maxsus avtotransport vositalarini ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan (qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar) ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 124) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют