» » “O‘zbektelekom” operatorlar va provayderlar uchun tariflarni pasaytirdi

“O‘zbektelekom” operatorlar va provayderlar uchun tariflarni pasaytirdi


“O‘zbektelekom” operatorlar va provayderlar uchun internet-kanal tariflarini pasaytirdi. Bu haqda kompaniya vakillari 28-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi Spot.

Xususan, kompaniya Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun internet-kanal tarifining narxini 1 Magabit / sekund uchun 70,128 so‘mgacha pasaytirdi. 2018-yil oxirida bu narx 85 ming so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, dastlabki uch oyda portlar ijarasi qiymati 10,5 ming so‘mga kamaydi, o‘tgan yilning birinchi choragida esa bu ko‘rsatkich 35 ming so‘mni tashkil etgan.

Kompaniya respublika bo‘ylab 4 ming kilometrdan ortiq turli xil mis kabellar yangiladi, aholi va boshqa ijtimoiy obyektlarga GPON texnologiyasidan foydalangan holda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5 ming kilometrdan ortiq optik-tolali aloqa liniyalarini yo‘lga qo‘ydi, 2,4 mingdan ortiq ko‘p qavatli turar joy va 1,1 mingga yaqin maktabni aloqa xizmatlari bilan ta’minladi.

Hozirgi kunda umumiy hajmi 54 ming port bo‘lgan VDSL uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, mamlakatning barcha hududlarida 147 ming portni tashkil etadigan GPON uskunalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, har bir provayder taqdim etayotgan xizmatlarning narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 01:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют