» » Britaniyalik fuqaro navigatordagi xatolik sabab Rimga boraman deb Germaniyaga kelib qoldi

Britaniyalik fuqaro navigatordagi xatolik sabab Rimga boraman deb Germaniyaga kelib qoldi


Buyuk Britaniyada yashovchi fuqaro Italiya poytaxtiga otlanib, navigatorga “Rim” so‘zini xato kiritgani sabab Germaniyaga kelib qoldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Germaniya politsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Nyukaslda istiqomat qiluvchi 81 yoshli fuqaro o‘zining navigatoriga Rome emas Rom deya yozgan. Natijada u Italiya poytaxtidan 1440 kilometr uzoqlikda joylashgan Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerlaridagi Rom qishlog‘iga kelib qolgan.

Bu ham yetmaganidek, erkak navigator ko‘rsatgan manzilga yetib kelganida mashinadan tushayotib, uning qo‘l tormozini tortmagani sabab avtomobil simyog‘ochga borib urilgan.

Shundan so‘ng yordamga politsiya yetib kelib, vaziyatni o‘rgangan.

Sodir bo‘lgan voqealarga qaramasdan qariya yana Rim tomon yo‘l olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют