» » Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 8-iyun kuni o‘zining uchinchi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergandi.

GoSport bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur jangda Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales (23 ta g‘alaba, 13 ta nokaut) raqiblik qiladi. To‘qnashuv Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Norberto Gonsales shu paytgacha o‘tkazgan 35ta jangining 4tasida turli mintaqaviy yo‘nalishlar chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilgan, biroq ularda imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangida qozog‘istonlik afsonaviy bokschi, 4ta yo‘nalish bo‘yicha sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin (38 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 34 ta nokaut) ringga chiqadi. Golovkin shu kuni kanadalik Stiv Rollsga (19 ta g‘alaba, 10 ta nokaut) qarshi ringga chiqadi. Jang DAZN internet-platformasi orqali translyatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 9-mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini chuqur nokautga uchratgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют