» » Isroil Madrimovning professional boksdagi navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning professional boksdagi navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 8-iyun kuni o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Mazkur jang Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi. Hozircha uning raqibi noma’lum. Isroil shu kuni o‘zining WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qiladi.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangida qozog‘istonlik afsonaviy bokschi, 4 ta yo‘nalish bo‘yicha sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin (38 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 34 ta nokaut) ringga chiqadi. Golovkin shu kuni kanadalik Stiv Rollsga (19 ta g‘alaba, 10 ta nokaut) qarshi ringga chiqadi. Jang DAZN internet-platformasi orqali translyatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 9-mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini nokautga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют