» » Jeff Bezos sobiq rafiqasining 18 milliard dollarni xayriyaga sarflash qarorini maqtadi

Jeff Bezos sobiq rafiqasining 18 milliard dollarni xayriyaga sarflash qarorini maqtadi


Amazon kompaniyasi rahbari Jeff Bezos sobiq rafiqasi Makkenzi Bezosning o‘z boyligining yarimini xayriyaga sarflashi qaroriga o‘z fikrini bildirdi. “RBK”ning yozishicha, Bezos uning bu harakatidan faxrlanishini ta’kidlagan.

“Mekkenzi xayriya sohasida ajoyib, mulohazali va foydasi tegadigan inson bo‘lish niyatida. Men u bilan faxrlanaman”, — degan Bezos o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Mekkenzi o‘z boylining yarmini xayriyaga sarflashga qaror qilgani haqida 28-may kuni ma’lum bo‘lgan. Uning ismi The Giving Pledge (“Xayriya qasamyodi”) saytida paydo bo‘lgan bo‘lib, ular orasida Maykl Blumberg, Devid Rokfeller, Mark Sukerberg va Ilon Mask ham bor.

“Mening ulushimga mos bo‘lmagan miqdorda pul bor bo‘lib, uni bo‘lishishim mumkin. Mening xayriyaga bo‘lgan munosabatim bundan keyin ham mulohazali bo‘ladi”, — degan u.

Yanvar oyida Forbes baholashi bo‘yicha boyligi 139,6 milliard dollarni tashkil etuvchi Jeff Bezos 25 yillik turmushdan keyin ajrashishini ma’lum qilgan va uning rafiqasi Amazon’ning deyarli 36 milliard dollariga ega bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют