» » Quvada “Obod mahalla” dasturi ijrosi faqat qog‘ozdami? (foto)

Quvada “Obod mahalla” dasturi ijrosi faqat qog‘ozdami? (foto)


O‘zA Farg‘ona viloyati Quva tumani “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘rimsiz uy-joylar, tashlandiq holatdagi maydonlar, axlat uyumlari mutasaddilar e’tiboridan chetda qolayotgani haqida maqola chop etdi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

Quva – Farg‘ona viloyatining aholisi ko‘p, anoriyu gilosi bilan mashhur bo‘lgan tumanlaridan biri. Keyingi yilarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida muayyan ishlar amalga oshirilgani e’tiborga loyiq.

Afsuski, bu borada belgilangan chora-tadbirlarning aksariyati qog‘ozda qolib ketmoqda. Amalda esa aholining turmush darajasini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarning bajarilmaganligini qanday izohlash mumkin? Xususan, o‘tgan yilda tuman markazida joylashgan “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod mahalla” dasturi asosida ishlar boshlanganda bu yerda istiqomat qiluvchi aholi xursand bo‘lganligi rost. Afsuski, mahalla qiyofasini yangilash maqsadida qabul qilingan dastur o‘lda-jo‘lda qolib ketmoqda.

Tuman markazi deganda ko‘z oldimizga obod maskan keladi. Quvada esa aksincha.

Mazkur yig‘inda 38 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, ularning aksariyati ta’mirga muhtoj bo‘lib qolgandi. Kanalizatsiya tarmog‘i yo‘q, ichimlik suvi ta’minoti ham talab darajasida emasdi. Shuningdek, hududda noqonuniy inshootlar ham ko‘p edi. Bu yerda bir qator uylarni fasad qismini ta’mirlash, noqonuniy inshootlarni buzish, ayrim ko‘chalarga asfalt yotqizish, elektr-energiyasi, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish ishlari bajarildi. Ammo bu boradagi ishlar oxiriga yetkazilmay qoldi. Ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun umuman sharoit yaratilmagan. Bolalar maydonchalari yo‘q, umumiy foydalanishdagi hojatxona haqida gapirmasa ham bo‘ladi. 16, 10, 18 ko‘p qavatli uylarning fasad qismi ta’mirga muhtoj bo‘lib, ayrim hududlarni begona o‘tlar bosgan, tashlandiq holatga kelgan. Ichimlik suvi tarmog‘i ham ko‘chada bo‘lib, aholi shundan foydalanadi. Axlat uyumlarining badbo‘y hididan dilingiz xira bo‘lishi aniq.

–40 yildan buyon shu ko‘p qavatli uyda yashab kelaman, – deydi Rahimaxon Qurbonova. – Holatni o‘zinglar ko‘rib turibsizlar. Ayniqsa, bozordagilar ariqqa axlatlarini tashlashadi. Yo‘lakchalarimiz ham bir abgor holatda. Qancha mutasaddilar kelib va’da berishadi-da ketishadi, amaliy ishdan darak yo‘q.

Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Muzaffar O‘rinboyevning aytishicha, bu yerda 2 ming 300 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ko‘p qavatli uylarga 7 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatmoqda.

“Obod mahalla” dasturi ijrosining ta’minlanmaganligi aholimizning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda, – deydi M. O‘rinboyev. –Hali qilinadigan ishlar juda ko‘p. A. Yassaviy ko‘chasi va ko‘p qavatli uylarning old qismiga ko‘cha chiroqlari o‘rnatilmagan, bolalar maydonchasi qurilmadi, toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari yakunlamadi. Biz bu borada tuman hokimligiga murojaat qildik. Ular bu ishlar mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘ evaziga bo‘lishini, hozirda pul yo‘qligini aytmoqda.

Biz tuman hokimligining mutasaddilari bilan gaplashganimizda ham xuddi shu gapni takrorlashdi. Ajablanarlisi, hududga mas’ul bo‘lgan sektor rahbari-tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i bu ishlarga befarqlik bilan munosabatda bo‘lmoqda.

“Obod qishloq“, “Obod mahalla” dasturi, avvalo, ko‘ngil obodligidir. Shu ma’noda, aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini oshirish, yaratuvchanlik, tashabbuskorlik va tadbirkorlikka bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, loqaydlik va boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish borasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ham olib borilishi kerak emasmi aslida? Tuman hokimi va boshqa mas’ullar ham bu borada hech qanday ish qilgani yo‘q. Gap odamlarning hayotdan, bugungi yashayotgan kunidan roziligidan borar ekan, birorta rahbarning bu boradagi mas’uliyatsizligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, “Obod mahalla” dasturining ijrosi faqat qog‘ozda emas, amalda bajarilishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют