» » Andijonda fuqaroning avtomobilidan 5 kg gashish topildi

Andijonda fuqaroning avtomobilidan 5 kg gashish topildi


Andijon shahridagi Piyozpoya ko‘chasida Toshkentga qatnovchi mashinalarning avtoturargohi bor. Shu yerdagi haydovchilarning biri viloyat davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasining e’tiborini tortdi. Aniqrog‘i joriy yilning 25-mayida fuqaro U.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia avtomashinasida o‘tirsa-da, shubhali ko‘rindi. Tezkor xodim xolislar ishtirokida avtomashina salonidagi sport sumkasini tekshirganda, undan o‘tkir hidli, to‘q yashil jigarrang tusli modda topiladi. Bu haqda DXX vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida U.A. 2019-yil fevralida Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahriga borib, eski tanishidan “gashish” giyohvandlik moddasini O‘zbekistonga olib kirib, har kilogrammini 4,5 ming dollardan sotishga kelishib olganligi aniqlandi. 2019-yil 24-may kuni Farg‘ona viloyati hududidagi aylanma yo‘llar orqali Andijonga o‘tib kelib, yuqoridagi manzilda kutib turgan U.A.ga sport sumkasidagi “yuk”ni tashlab ketadi.

Ish bo‘yicha tayinlangan sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, avtomashinadagi sumkadan olingan dalil haqiqatda ham gashish giyohvandlik moddasi bo‘lib, sof og‘irligi  5 kilogramm 650 grammga teng ekanligi tasdig‘ini topdi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют