» » Andijonda Qirg‘izistondan mashina o‘rindig‘i ostida 4400 dollarlik gashish olib o‘tayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Andijonda Qirg‘izistondan mashina o‘rindig‘i ostida 4400 dollarlik gashish olib o‘tayotgan fuqaro qo‘lga olindi


Oldindan bir guruh shaxslar bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish kabi o‘ta og‘ir jinoyatlarni qasddan sodir etgan andijonlik N.A.ga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.A. osongina pul topishni ko‘zlab, giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan paytda qo‘lga olingan edi. U Qirg‘iziston Respublikasidan 4400 AQSh dollar evaziga 1003,59 gramm miqdordagi gashish giyohvandlik moddasini o‘zining boshqaruvidagi Nexia avtomashinasining haydovchi o‘rindig‘i ostiga yashirib, olib ketayotganida bu jinoyatga barham berilgandi.

Sodir etilgan mazkur jinoiy holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi va sud hukmi o‘qildi.

Muqaddam sudlanib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan 35 yoshli A.N. yana umrining eng navqiron davrini panjara ortida o‘tkazadigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют