» » Dunyoda eng ko‘p obunachiga ega YouTube-bloger aniqlandi

Dunyoda eng ko‘p obunachiga ega YouTube-bloger aniqlandi


T-Series hind YouTube-kanali tarixda ilk bor 100 million obunachiga ega bo‘ldi. Kanal yangilangandan so‘ng foydalanuvchilarning aniq soni rasmiy profilda berilgan.

Bunday natija dunyodagi eng mashhur videobloger Feliks Chelberg (PewDiePie) bilan bo‘lgan kurashda g‘alaba keltirdi. Uning obunaсhilari 96,1 million kishi. Ushbu musobaqa dinamikasini onlayn rejimda kuzatish mumkin.

T-Series kanali 2 oy ichida 10 milliondan ortiq yangi muxlis yig‘di: 21-mart kuni akkauntga 90 million 493 ming kishi a’zo edi. Ushbu profil Hindistonning gigant musiqa kompaniyasiga tegishli. Unda doim yangi kliplar berib boriladi.

2018-yil avgustda PewDiePie video yozib, unda T-Series’ga qarshi kurash e’lon qilgan edi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, raqib uni 2018-yil noyabrda obuna soni bilan yutishi mumkin edi. U foydalanuvchilardan unga yordam berishlarini va qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ragan.

Blogerning muxlislari bir necha marta butun dunyo bo‘ylab “aqlli” printerlarni buzib kirgan va o‘zining sevimli blogeriga ovoz berishga undovchi yorliqlarni bosib chiqargan. Taxminan olti oy oldin xakerlar Wall Street Journal veb-saytiga PewDiePie’ni qo‘llab-quvvatlab yozilgan manifestni joylagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют