» » Andijonda Prezident tashrifidan so‘ng taqdim etilgan uylar qaytarib olingani haqidagi xabarlar rad etildi (video)

Andijonda Prezident tashrifidan so‘ng taqdim etilgan uylar qaytarib olingani haqidagi xabarlar rad etildi (video)


Shu kunlarda OAVlar va ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida Prezident tashrifidan so‘ng taqdim etilgan uylarning qaytarib olingani haqidagi videolavha tarqatildi, deyiladi “Yuksalish” umummilliy harakati xabarida.

Jumladan, fuqaro Xurshida Tillayeva tomonidan yo‘llangan videomurojaat keng jamoatchilikda uylar o‘z egalariga ko‘zbo‘yamachilik uchun taqdim etilgan, degan fikr uyg‘otdi.

Shu sababli “Yuksalish” umummilliy harakati vakillari voqeani o‘rganish va murojaatda bildirilgan fikrlar qanchalik haqiqatga yaqinligiga oydinlik kiritish maqsadida mazkur oila va fuqaro X.Tillayeva bilan uchrashdi.

Suhbat va o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, OAVlarda tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aksincha, mazkur oila bugungi kunda taqdim etilgan xonadonga ko‘chib o‘tgan va u yerda istiqomat qilmoqda.

“Yuksalish” umummilliy harakati fuqaro Xurshida Tillayeva va uning onasi tomonidan berilgan obyektiv fikrlarni taqdim etar ekan, barcha OAVlarni jurnalistlar kasb etikasiga amal qilishga, mahalliy blogerlarni esa turli provokatsiyalarga uchmaslikka chaqiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют