» » O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha o‘tgan yil kuchli uchtalikka kirgan edi. Bu yil-chi?

O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha o‘tgan yil kuchli uchtalikka kirgan edi. Bu yil-chi?


2018-yilda O‘zbekiston sarxil o‘rik eksporti bo‘yicha dunyodagi yetakchi uch mamlakat qatoridan o‘rin olgan edi. Ammo bu muvaffaqiyat vaqtinchalikmi?

Ma’lumki, o‘tgan yilda o‘zbekistonlik bog‘bonlar va treyderlar 43 ming tonna yangi uzilgan o‘rikni eksportga yo‘naltirgan holda nafaqat Fransiya, Italiya va Gretsiyani yetakchilar qatoridan siqib chiqardi, balki jahon bo‘yicha nufuzli uchini o‘rinni egalladi. Bozor ishtirokchilarining aytishicha, 2018-yilda O‘zbekistondan sarxil o‘rik eksporti hatto 43 ming tonnadan ziyod bo‘lib, real hajmi 47—50 ming tonnagacha yetgan, bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lumot berdi.

EastFruit ekspertlarining fikricha, o‘tgan yili Yevropada ob-havoning noqulay kelishi, xususan, bahorgi sovuq ob-havo tufayli u yerdagi eksportchi davlatlar hosilning yarmidan ayrilgan. Joriy yilda esa ko‘hna qit’ada, aksincha, ob-havo juda qulay bo‘ldi va hosil 12 foizga oshishi kutilmoqda.

O‘z navbatida mutaxassislar O‘zbekiston o‘rik eksporti hajmini joriy yilda ham ko‘paytirishi ehtimoli borligini inkor etishayotgani yo‘q. Qolaversa, O‘zbekiston 2018-yilda birinchi marta sarxil o‘rikni Yevropa Ittifoqiga, to‘g‘rirog‘i, Litvaga ham chiqargan edi. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkich yana oshishi mumkin.

Boz ustiga, o‘zbek o‘riklari may oyi boshidan sotuvga chiqarilgan va narxi ham hamyonbop. Bugungi kunda ko‘plab eksportchilar Farg‘ona vodiysidagi sovitgichlardan ushbu mevani yuklab berish bilan birga 70—95 sentdan taklif etyapti.

Dunyo reytingi yetakchilariga keladigan bo‘lsak, ular ham eksport hajmini oshirgan. Masalan, Ispaniya 2018-yilda 109 ming tonna sarxil o‘rik sotib, rekord o‘rnatgan bo‘lsa, Turkiya ham bu boradagi raqamlarni 70,7 ming tonnaga yetkazib, o‘z natijasini yangiladi.

Bu borada Afg‘onistonda ham ulkan o‘zgarishlar kuzatilayotgani diqqatga sazovor. Qo‘shni davlat o‘tgan yilda qariyb 7 ming tonna o‘rik sotgan. Asosiy xaridorlar Pokiston, Hindiston, Iroq bo‘lgan. E’tiborlisi, 25 tonna o‘rik AQShga ham yetkazib berilgan.

2018-yilda Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 9-, Tojikiston va Qirg‘iziston mos ravishda 16- va 17-o‘rinlarni olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют