» » Buxoroda romitanlik qizni intim video bilan shantaj qilib, Gentra avtomobili olib berishini talab qilgan yigitlar qo‘lga olindi

Buxoroda romitanlik qizni intim video bilan shantaj qilib, Gentra avtomobili olib berishini talab qilgan yigitlar qo‘lga olindi


2019-yil 20-may kuni Buxoro viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Buxoro shahrida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan Z.J. va uning sheriklari — Romitan tumanida istiqomat qiluvchi B.Q. va N.G‘. qo‘lga olindi.

Viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, yigitlar Romitan tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan Sh.S.ni joriy yil aprel oyida u bilan jinsiy aloqa bo‘lganligini tasdiqlovchi videoyozuvlarni oilasiga ko‘rsatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Buning evaziga undan Lacett Gentra rusumli avtomashina olib berishi talab qilingan.

Ular jabrlanuvchini Buxoro shahridagi “Sitora-Avtosavdo” MChJ filialida Z.J nomiga Lacett Gentra sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirishga ko‘ndirib, mashina uchun 128.679.875 so‘m miqdordagi pullarni bankka topshirtirayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan shantajchilarga nisbatan JKning 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Q va N.G‘.ga nisbatan garov, Z.J.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют