» » Samsung smartfonlar uchun 10 barobar kuchli quvvatlantiruvchi qurilmani taqdim etdi

Samsung smartfonlar uchun 10 barobar kuchli quvvatlantiruvchi qurilmani taqdim etdi


Samsung kompaniyasi qisqa vaqt ichida smartfonlar, planshet va noutbuklarni quvvatlantirishga qodir yangi qurilmani taqdim etdi. Bu turdagi standart qurilmalarning quvvati — 10 Vatga teng bo‘lsa, Samsung kompaniyasining yangi qurilmasi ulardan 10 barobar kuchli, deb xabar beradi “Vedomosti”.

Hozirda mazkur ixtironi ishlab chiqaruvchilar quvvatlantirish qurilmasini turli mobil qurilmalarga, shuningdek, boshqa elektron vositalarga o‘rnatish haqida bosh qotilmoqda. Qurilma batareyalarni tez yoki sekin quvvatlantirgani sabab ularning tezda ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli Samsung quvvatlantirish qurilmalariga yangi avlod USB-kontrollerlari (SE8A va MM101), atrof-muhitning namligini aniqlovchi hamda qurilma va quvvat olayotgan gadjet o‘rtasida ma’lumotlarning almashinishini ta’minlovchi datchiklar o‘rnatiladi.

Bundan tashqari yangi quvvatlantirish qurilmasiga qo‘shimcha himoya elementlari ham o‘rnatilgan — xavfsizlik kalitini saqlovchi, shaxsiy ma’lumotlarni kodlash va koddan chiqarish funksiyaga ega chip.

Ta’kidlash kerakki, Samsung’ning asosiy raqibi Apple kompaniyasiga tegishli iPhone seriyasidagi telefonlarga o‘rnatilgan USB quvvat olgichlarining quvvati 5 Vatni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют