» » Gapiradigan kasallik bo‘lmish gemorroy va uni davolashdan qo‘rqadiganlar uchun davo usullari haqida

Gapiradigan kasallik bo‘lmish gemorroy va uni davolashdan qo‘rqadiganlar uchun davo usullari haqida


Bizga avvaldan ma’lum bo‘lgan kasalliklarga kundan kunga yangi davo usullari ishlab chiqilmoqda. “Xalqimizning tibbiy ongi past”, deyish oson. Lekin bilim avval beriladi, keyin so‘raladi. Ba’zi kasalliklar haqida gapirish uyat hisoblangani uchun odamlar ularning kelib chiqishi, davolanishi va profilaktikasi  to‘g‘risida yetarlicha ma‘lumotga ega emas. Shunday kasalliklardan biri — bavosil. Kasallik nomining o‘ziyoq odamni xushyor torttiradi, kimdadir kulgi, kimdadir esa ga‘mgin hissiyot chaqiradi. Uzoq vaqt davomida ochiq operatsiya yo‘li bilan  davolanib kelingan bo‘lsa, hozir gemorroyni davolashning zamonaviy, jarrohlik amaliyotidan keyingi noqulayliklari deyarli bo‘lmagan metodlari qo‘llanilmoqda. “Daryo” kolumnisti Sarvar G‘aniyev shu kasalga batafsil to‘xtalib o‘tadi.

Gemorroy — to‘g‘ri ichak pastki qismlari va orqa chiqaruv teshigi atrofidagi vena qon tomirlarining kengayib, shishish kasalligi. Bavosil bilan dunyoning 331 milliondan ortiq aholisi kasallangan. Qanchalik g‘amgin bo‘lmasin, ikki oyoqlab yurishimizning o‘zi gemorroy kelib chiqishi xavfini oshiradi. To‘rt oyoqlab yuruvchi hayvonlarda bu kasallikka moyillik yo‘q. Tortishish  kuchi to‘rt oyoqli hayvonlar tanasiga bir xil ta’sir ko‘rsatadi. Odamda esa ikki oyoqlab yurish sababli qon kichik chanoq bo‘shlig‘i va oyoqlarda turib qoladi. Bundan tashqari, homiladorlik, kam miqdorda klechatka saqlovchi parhez, kuchanish, surunkali qabziyat va diareya, hojatxonada uzoq o‘tirish, og‘ir yuk ko‘tarish, uzoq vaqt bir joyda o‘tirib ishlash (haydovchilar, ofis ishchilari) va boshqa kasalliklar, jigar sirrozi, portal gipertenziyaning asorati sifatida ham yuzaga keladi.

Kasallik simptomlari sifatida defekatsiya paytida og‘riqsiz qon ketishi (yorqin qizil rangda oz miqdorda), anal sohada qichishish, og‘riq va diskomfort, anus atrofi shishini aytib o‘tish mumkin.

Gemorroy quyidagi turlarga bo‘linadi:

- joylashgan o‘rniga ko‘ra: ichki va tashqi gemorroy;

- klinik formalariga ko‘ra: o‘tkir va surunkali gemorroy.

Ichki gemorroy to‘g‘ri ichak bo‘shlig‘ida joylashadi va hech qanday belgi bermaydi. Kuchanish vaqtida  to‘g‘ri ichak bilan pastga tushadi va og‘riq chaqiradi. Tashqi gemorroy tashqi chiqaruv teshigi atrofi terisi ostida joylashadi. Tashqi ta‘sir tufayli qichishi yoki qonashi mumkin.

Asoratlari:

Gemorroyning davosi ikki xil: konservativ va xirurgik. Konservativ davodan maqsad mahalliy qon aylanishini yaxshilash, yallig‘lanish jarayonlarini bartaraf qilish va og‘riqni qoldirish. Dori preparatlari bilan gemorroyni butunlay tuzatib bo‘lmaydi. Preparatlar yordamida faqatgina o‘tkir va surunkali gemorroy simptomlari yengillashtirish, kasallik asoratlarini profilaktika qilish, operatsiyaga tayyorlash va reabilitatsiyada foydalanish mumkin. Asosiy davo usuli faqat va faqat jarrohlik amaliyoti hisoblanadi.

Bavosilda qo‘llaniladigan asosiy guruh preparatlari:

Bavosilning xirurgik davosi

Gemorroyning rivojlanish bosqichlariga qarab jarrohlik usuli tanlanadi. Uning bosqichlari:

I — stul vaqtida gemorroidal tugunlarning tushishisiz qon ketadi;

II — gemorroidal tugunlar tushishi, lekin ular mustaqil to‘g‘ri ichakdagi o‘rniga qaytadi, qon ketishi yoki usiz;

III — davriy ravishda tugunlar tushadi, ammo ularni qo‘l yordamida to‘g‘rilash zaruriyati tug‘iladi, mustaqil o‘rniga qaytmaydi, qonashi yoki qonamasligi ham mumkin;

IV — gemorroidal tugunlarning to‘g‘ri ichak shilliq qavati bilan birga  doimiy tushishi, umuman to‘g‘rilashning iloji yo‘q, qonashi yoki qonamasligi ham mumkin.

Gemorroyning  I–III bosqichlarida konservativ davo foyda bermasa, kam invaziv jarrohlik metodlari qo‘llaniladi. Kam invaziv jarrohlik usullarining asosida kichik teshik yoki tabiiy teshiklar orqali jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazish yotadi. Buning afzallik tarafi shundaki, bemor organizmi minimal darajada travma oladi va operatsiya turiga qarab odatiy hayot tarziga 1–5 kun ichida qaytib, o‘z ish faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu juda ham qulay. Shu o‘rinda aytib o‘tishim kerakki avvallari jarroh qanchalik katta kesma bilan operatsiya qilsa shunchalik mahoratli deb e‘tirof etilgan bo‘lsa, hozirgi kunda aksincha kesma qanchalik kichkinaligi yoki uning umuman yo‘qli xirurgning mahoratini belgilab bermoqda.

Endi I–III bosqichlarida qo‘llaniladigan jarrohlik usullariga qaytsak. Gemorroyni davolashda qo‘llaniladigan kam invaziv jarrohlik usullariga skleroterapiya, infraqizil nurlar bilan koagulyatsiya, gemorroidal tugunlarni lateksli halqalar yordamida bog‘lash, ultratovush dopplerometriya ostida  gemorroidal tugunlarning dezarterizatsiyasi va yangi zamonaviy usul lazer gemorroidoplastika kiradi. Har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Skleroterapiya

Bunda 45 darajaga bukilgan igna orqali gemorroidal tugun ichiga sklerozlantiruvchi modda yuboriladi. Bu usul qo‘pol qilib aytadigan bo‘lsam ichki gemorroidal  tugunlarni “quritib” beradi. Bemorda katta operatsiyalarga qarshi ko‘rsatma bo‘lsa yoki uni ko‘tara olmasa qonni to‘xtatish uchun foydalaniladi. Infraqizil nurlar bilan koagulyatsiya ham asosan qonni to‘xtatishda foydalaniladi. Usulning afzalliklari:

Kamchiliklari:

Gemorroidal tugunlarni lateksli halqalar yordamida bog‘lash

Metod II–III bosqich gemorroyda qo‘llaniladi. Bunda gemorroidal tugun oyoqchasi rezina halqa yordamida bog‘lanadi. Shundan so‘ng tugunda qon aylanishi buziladi va 11–14 kundan so‘ng tugun lateksli halqa bilan birga ko‘chib tushadi.

Usulning afzalligi:

Kamchiligi:

Ultratovush dopplerometriya ostida gemorroidal tugunlarning dezarterizatsiyasi

Bu usulning asosida ultratovush yordamida tugunga keladigan arteriyani topib bog‘lash yotadi. Kerakli arteriya bog‘langandan so‘ng tugun 6–8 haftadan keyin so‘rilib ketadi.

Usulning afzalliklari:

Kamchiligi:

III–IV bosqichdagi bavosilni davolashda gemmoroidektomiya yoki gemorroidal tugunni kesib olib tashlash operatsiyalari qo‘llaniladi. Ulardan Milligan-Morgan, Longo, Uaytxed operatsiyalari hozirgi kunda keng qo‘llaniladi.

Ularning afzalliklari sifatida to‘g‘ri ichakdagi anal yoriqlari, oqmalar va to‘g‘ri ichak tushishlarida o‘tkazishga ko‘rsatmalar borligini keltirish mumkin. Lekin bir qancha kamchiliklari ham bor:

Aynan shu kamchiliklar tufayli bemorlar operatsiyadan qo‘rqadi. Lekin tibbiyot bir joyda qotib qolgani yo‘q. Gemorroyni davolashning eng oxirgi zamonaviy usullaridan biri — lazer gemorroidoplastika. Bunda bir nuqtadan kirib, lazer energiyasi tugun ichidagi to‘qimalarni kuydirilib, destruksiya chaqiriladi, qon tomirlarini kuydirib, gemorroidal to‘qimada chandiq hosil qilinadi.

2014-yildagi tekshiruvda lazer gemorroidoplastika amaliyotini ochiq gemmoroidektomiya usuli bilan solishtirilgan. Olingan natijalarga ko‘ra yangi usul klassik metoddan amaliyotdan keyingi og‘riqning darajasi va operatsiya davomiyligi, undan keyingi reabilitatsion davrining qisqaligi bilan yaqqol ustunlikka ega bo‘lgan. Kam invaziv metodlardan tugunni rezina halqa bilan bog‘lash amaliyoti bilan solishtirilganda lazer gemorroidoplastikaning samaradorligi yuqoriligi aniqlangan.

Usulning afzalliklari:

Kamchiliklari:

Shu o‘rinda odamlar orasida tarqalgan “lazer bilan davolash rakka sabab bo‘ladi”, degan mifning yolg‘onligini, uning klinik random tekshiruvlarda isbotlanmaganini aytib o‘tmasam bo‘lmaydi. Xotiringgiz jam bo‘lsin, lazer nurlari o‘sma kasalliklarini keltirib chiqarmaydi.

O‘zingizni qiynab, operatsiyagacha, umuman aytganda gemorroy bilan kasallanmaslik ham mumkin. Kasallik profilaktikasi juda oddiy:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют