» » Oliy Majlis xorijiy investitsiyalar umuman jalb etmagan tashkilotlar royxatini malum qildi. Ular orasida Ozbekiston havo yollari ham bor

Oliy Majlis xorijiy investitsiyalar umuman jalb etmagan tashkilotlar royxatini malum qildi. Ular orasida Ozbekiston havo yollari ham bor


Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari hamda Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qomitalarining qoshma majlisida bu haqda aytildi. Bu haqda OzA xabar berdi.

Majlisda Ozbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining joriy yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari togrisidagi hisoboti eshitildi.

Qayd etilishicha, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogliq muammolarni aniqlash va ularni hal qilish boyicha tezkor choralar korilayotganiga etibor qaratildi. Xususan, joriy yil birinchi choragi mobaynida 96 ta loyiha boyicha investitsiyalarni ozlashtirish ortda qolgan. Ular yuzasidan tegishli choralar korish borasida takliflar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilmoqda.

Organish jarayonida Ozbekipaksanoati uyushmasi, Ozbekgidroenergo, Ozbekiston havo yollari, Ozbekiston milliy elektr tarmoqlari, Xududiy elektr tarmoqlari AJlari hamda Uy-joy kommunal xizmat korsatish va Transport vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi tomonidan bugungi kunda xorijiy investitsiyalar umuman jalb etilmagani malum boldi.

Bundan tashqari, Ozeltexsanoat uyushmasi, Issiqlik elektr stansiyalari, Ozagrotexsanoatxolding, Ozavtosanoat va Ozbekiston temir yollari AJlari, Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi, Qishloq xojaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi tizimida togridan-togri xorijiy investitsiyalarning hajmi pastligicha qolganligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-05-2019, 20:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 27) ( 3)
:
-
:
20 ... -