» » “Milan” Indzagiga taklif bilan chiqdi

“Milan” Indzagiga taklif bilan chiqdi


“Milan” “Latsio” bosh murabbiyi Simone Indzagiga taklif bilan chiqdi, deb xabar beradi Sport Mediaset.

Milan klubi 43 yoshli mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolamoqchi va unga yiliga 2,5 million yevro maosh to‘lashga tayyor.

Ammo Rim klubi Indzagini qo‘yib yubormoqchi emas. O‘tgan haftada murabbiy klub prezidenti Klaudio Lotito bilan 3 marta uchrashgandi, biroq shartnomani bekor qilish borasida kelisha olmadi.

Bundan tashqari “rossonerilar” “Sampdoriya” bosh murabbiyi Marko Jampaologa ham qiziqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, klub avvalroq bosh murabbiy Jennaro Gattuzoni iste’foga chiqargandi.

Ma’lumot uchun, Indzagi 2016-yildan buyon “Latsio”ni boshqarib keladi. Klub uning qo‘l ostida 2018/19-yilgi mavsum Italiya Kubogini qo‘lga kiritdi hamda 2017-yilda Italiya Superkubogida g‘olib bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют