» » Rasman: “Milan” bosh murabbiysiz qoldi

Rasman: “Milan” bosh murabbiysiz qoldi


“Milan” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

41 yoshli mutaxassis hamda “rossonerilar” tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan shartnomani bekor qildi.

“Milan” yozda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro Chempionlar Kubogi hamda A Seriya yangi mavsumi oldidan yangi bosh murabbiy olib kelishga harakat qiladi.

“Klubga kelganimdan buyon, 6 oy davomida Gattuzo bilan muloqot qilish sharafiga ega bo‘ldim. U joriy mavsum g‘ayrat bilan ishladi va barcha javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Shu bilan birga klub manfaatini hamma narsadan ustun qo‘ydi. Jennaroga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman”, — deydi “Milan” bosh direktori Ivan Gazidis.

Ma’lumot uchun, Gattuzo “Milan”ni 2017-yilning noyabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. “Rossonerilar” uning qo‘l ostida Italiya chempionatida 6 va 5-o‘rinlarni egalladi.

Ushbu davrda milanliklar A Seriya uchrashuvlarida o‘rtacha 1,81 ochko jamg‘ardi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют