» » Opensignal servisi 4G interneti reytingida O‘zbekistonni oxirgi o‘ringa kiritdi

Opensignal servisi 4G interneti reytingida O‘zbekistonni oxirgi o‘ringa kiritdi


Opensignal xizmati dunyodagi turli mamlakatlardagi mobil internet tarmog‘i holati to‘g‘risida yangi hisobotni e’lon qildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Janubiy Koreya o‘rtacha tezlik darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinni oldi — 52,4 Mbit / s. Ikkinchi o‘rinni Norvegiya (48,2 Mbit/s), uchinchi o‘rinni Kanada (42,5 Mbit/s) egalladi. Eng oxirgi o‘rinlarni O‘zbekiston (5 Mbit/s), Nepal (4,4 Mbit/s), Jazoir (3,1 Mbit/s) va Iroq (1,6 Mbit/s) egallagan.

Janubiy Koreya 4G internetga ulanish bo‘yicha ham birinchi o‘rinni oldi. Mamlakatdagi o‘rta hisobdagi abonentlar 97,5 foiz hollarda 4G’ga ulana oladi. Ikkinchi o‘rinni Yaponiya (96,3%), uchinchi o‘rinni esa Norvegiya (96,3%) egalladi.

Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston ko‘rsatkichlari to‘rtta mamlakatdan yaxshiroq bo‘lgan bo‘lsa, bu reytingda u oxirgi o‘rinni egalladi. Opensignal ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rta hisobdagi abonentlar 49,9 foiz holatlarda 4G inernetga ulana oladi.

Hisobot tuzuvchilar O‘zbekiston 4G’ga ulanish darajasi 50 foizdan tushib ketgan ro‘yxatdagi yagona davlat ekanliga e’tibor qaratgan. Oxiridan bitta avval o‘rinni egallagan Jazoirda bu ko‘rsatkich 56,5 foizga, Ekvadorda — 57,1 foiz, Nepalda — 57,6 foiz, Iroqda 59,7 foizga teng.

2018-yilning noyabr oyida O‘zbekistonda 4G kirib kelish darajasi 8,7 foizni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan edi. Aholining asosiy qismi 2G (33,9 foiz) va 3G (31,4 foiz)dan foydalanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют