» » Mutaxassis: Maktab direktorlari birinchi qavatda, kichik kabinetlarda o‘tirishi kerak

Mutaxassis: Maktab direktorlari birinchi qavatda, kichik kabinetlarda o‘tirishi kerak


“Maktablar, shifoxonalar, poliklinika, kollej, bolalar bog‘chalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari o‘z ish uslublarini o‘zgartirishlari kerak”, — deydi o‘zbekistonlik mutaxassis, “Buyuk kelajak” ekspertlar kengashi a’zosi, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov. U “Daryo”ga taqdim etgan maqolasida o‘ziga xos tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Uning aytishicha, davlat byudjetining samara bermaydigan xarajatlarini optimizatsiya qilish kerak. Sifat davlat xizmatchisining yangi turmush tarziga, shaxsiy takomillashuv esa uning asosiy tamoyiliga aylanishi lozim. Yangi formatsiya davlat xizmatchilari davlat va jamiyat orasidagi masofani qisqartirishi lozim. Bu talab nafaqat davlat xizmatchilari, balki tarkibiy qism tashkilotlari rahbarlariga ham albatta taalluqlidir. Maktab, shifoxona, poliklinika, bolalar bog‘chalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari o‘z ish uslubini tubdan o‘zgartirishi lozim.

Bugungi kunda aksariyat rahbarlar kabinetlari katta, aql-idrokka zid ishlatiladigan maydonlarni egallab yotibdi. Aksariyat rahbarlar 40 va 50 kvadrat metr maydonni egallagan kabinetlarda o‘tiradi. Vaholanki o‘quv sinflarining yetishmasligi va uch smenali o‘qish rejimi muammosi mavjud.

Shuningdek, umumiy olganda taxminan 90 kvadrat metrni egallaydigan qabulxonalar, dam olish xonalari, mehmonlarni qabul qilish xonalari mavjud. Kabinetlarni ma’muriyat xodimlari (buxgalteriya, kadrlar bo‘limi) egallagan katta maydon bilan birlashtirish holatlari ham mavjud. Albatta, bu qurilish sohasida mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablaridan kelib chiqqani shubhasiz.

Standart qoidalarda ma’muriyat xodimlari uchun ajratiladigan maydon miqdori belgilab qo‘yilgan. Biroq sarf-xarajatlarni optimizatsiya qilish lozim va shu sababdan me’yoriy hujjatlarning ma’muriyat xodimlari uchun maydonlarni optimizatsiya qilish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish borasida taklif kiritmoqchiman. Amaliyotning ko‘rsatishicha, egallagan maydonlarni optimizatsiya qilish yo‘li bilan xonalar, inshootlarni ijaraga olish va unga xizmat ko‘rsatish narxini tushirish davlat byudjeti pullarini tejashning samarali usuli hisoblanadi.

Maktab direktorlari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi va o‘z kabinetlarini qo‘shimcha ta’lim uchun sinf tarzida qo‘llash uchun topshirishi lozim. Direktorlarning maydoni qisqartirilgan yangi kabinetlari esa birinchi qavatda joylashgan bo‘lishi kerak. Direktorlar kabinetlarining birinchi qavatda joylashishi ularning o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan uchrashishi imkoniyatini oshirishda yordam beradi.

Direktorlarning topshirilgan sobiq kabinetlari esa robot texnikasi va badiiy mehnat sinflari uchun berilishi mumkin. Rahbarlar maktablarning birinchi qavatida, kirish guruhi yaqinida joylashsa, bu ularni fuqarolarga yaqinlashtiradi va maktabning eng gavjum soatlarida nazoratni amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, bu “o‘zingdan boshla” tamoyiliga rioya qilgan holda ko‘plab davlat muassasalari ma’muriy xarajatlarini optimizatsiya qilishga yordam beradi. Rahbar kabineti uchdan bir qismga qisqartirilishi mumkin. Xodimlar ish o‘rinlari shisha to‘siq devorlar bilan ajratib qo‘yilishi mumkin.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют