» » Putin Rossiyadagi 40 dan ortiq aeroportni nomlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Putin Rossiyadagi 40 dan ortiq aeroportni nomlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin 40 dan ortiq aeroportga qo‘shimcha nom qo‘yish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Yangi nomlar 2018-yilda o‘tkazilgan “Rossiyaning buyuk nomlari” tanlovi doirasida tanlangan, deb xabar beradi Meduza.

Shunday qilib, Moskvaning “Vnukova” aeroporti aviakonstruktor Andrey Tupolyov, “Domodedova” — Mixail Lomonosov, “Sheremetyevo” — Aleksandr Pushkin sharafiga nomlandi.

Yangi nomlar to‘g‘risidagi prezident qarorida Volgograd va Sankt-Peterburg aeroportlari haqida so‘z bormaydi. Rossiya Jamoatchilik palatasining ma’lum qilishicha, mintaqaviy jamoatchilik palatalari tanlov tashkilotchilariga ushbu shaharlarning ishtirokini “hududlarda jamoatchilik fikrini qutblashtirishdan saqlanish uchun” to‘xtatishni so‘ragan.

Sankt-Peterburg aeroportiga Fyodor Dostoyevskiy, Volgogradga esa uchuvchi Aleksey Maresyevning nomi berilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu aeroportlarga nom tanlash uchun tanlovning ikkinchi turini o‘tkazishga ham to‘g‘ri kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют