» » Buxoroda keksa ayolning uyiga kirib, unga jismoniy azob berib, tan jarohati yetkazgan talonchiga hukm o‘qildi

Buxoroda keksa ayolning uyiga kirib, unga jismoniy azob berib, tan jarohati yetkazgan talonchiga hukm o‘qildi


Bir necha marotaba turli jinoyatlar sodir etib, ozodlikdan mahrum qilingan Kogon shahri fuqarosi Alisher Yavmutovga nisbatan bu gal talonchiligi uchun 7 yilga qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudi raisi Zarif Sherov ma’lum qildi.

Alisher Yavmutov kech soat 20:15 larda spirtli ichimlik iste’mol qilib, Kogon shahar “Yangi hayot” ko‘chasidagi xonadonlardan birida yolg‘iz yashovchi keksa yoshli L.G‘.ning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, tan jarohati yetkazgan. Talonchilik yo‘li bilan L.G‘.ga tegishli bo‘lgan 700 ming so‘mlik pul va moddiy boyliklarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, kunduzgi soat 11:00 ga qadar qariyani o‘z uyida ozodlikdan mahrum qilgan holda unga jismoniy azob bergan.

— Notanish yigit qayerdan ham uyimda paydo bo‘ldiyu, ortimdan oyog‘i bilan tepib, itarib yubordi. Eshikni ichkaridan qulflab, telefon simlarini uzib tashladi. Bor-yo‘g‘i, bitta tilla taqinchog‘im, arzon qo‘l telefonim va 100 ming so‘mdan boshqa hech vaqoim yo‘qligini aytganimdan so‘ng, u o‘z uyimni unga berishim to‘g‘risida tilxat yozib berishimga majburlay boshladi. Yashash uyim nevaramning nomida ekanligini aytganimdan so‘ng meni urib, tepib, haqoratladi. Yalinishimga qaramay, militsiyaga aytmasligimni tayinlab, ertalab kun yorishguncha jismoniy azob berdi, qiynab, ko‘p tan jarohati yetkazdi, — deya ko‘rsatma berdi sudda jabrlanuvchi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining hukmi bilan Alisher Yavmutovga nisbatan Jinoyat Kodeksining 138-modda, 2-qismi “a” bandi (jismoniy azob bergan holda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) va 166-modda 3-qismi “a, b” bandlari (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan talonchilik) hamda 59- (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash), 60-moddalari (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) qo‘llanilib, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

U o‘z jazosini qattiq tartibli koloniyalarda o‘taydigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют