» » Yig‘layotgan bolalar qurshovida kulayotgan Kim Chen Inning fotosi e’lon qilindi

Yig‘layotgan bolalar qurshovida kulayotgan Kim Chen Inning fotosi e’lon qilindi


Shimoliy Koreyaning bosh axborot agentligi (Koreya markaziy telegraf agentligi — KMTA) Kim Chen In “1000 lida o‘qish yo‘li” deb nomlangan O‘quvchilar saroyiga tashrif buyurganini ma’lum qilib, uning yig‘layotgan bolalar qurshovida kulib tushgan rasmini joyladi.

“RIA Novosti”ning yozishicha, suratdagi ikki qizdan boshqa ularning barchasi yig‘lab tushgan. Surat ostida yozilgan gapda bunga hech qanday aniqlik kiritilmagan, lekin bolalarning “hurmatli oliy rahbar”ning shaxsan o‘zi kelganidan ta’sirlangani uchun yig‘layotganini anglash qiyin emas.

“Aslida esa agentlik maqolasidan kelib chiqsa, yaqinda kattalar yig‘lashiga to‘g‘ri keladi. Chunki hurmatli oliy rahbar saroyning yangi binosini tanqid qilib, loyihachilarni ‘rasmiyatchilik, ikkiyuzlamachilik va pala-partishlik’da ayblagan”, — deyiladi xabarda.

“Hurmatli oliy rahbar sportzalning va turli zallarning texnik loyihasi xonalarning maqsadi va qo‘llanilishiga mos kelmasligini ta’kidladi. Eski bino butunlay buzilib, yangi bino qurilishiga ko‘p materiallar sarflanganiga qaramay, yangi saroy tegishli darajada qurilmagani va maktabdan tashqari ta’lim obyektining maqsad va qo‘llanilishiga mos kelmasligini tanqid qildi”, — deyiladi agentlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют