» » Toshkent—Xo‘jand—Chimkent savdo koridori tashkil etiladi

Toshkent—Xo‘jand—Chimkent savdo koridori tashkil etiladi


Osiyo tarqqiyot banki Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi iqtisodiy salohiyatni baholab, 800 million dollar miqdorida texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Sputnik.

Mazkur koridor Chimkent, Toshkent va Xo‘jand kabi yirik shaharlar orasidan o‘tadi. U Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining bir qismiga aylanadi.

Ushbu shaharlar tasodifan tanlangan emas. Chimkent o‘tgan yili Nur-Sulton (Ostona) va Olmaota kabi respublikaga bo‘ysunuvch shaharga aylangan va qo‘shimcha dotatsiya olish ehtimoli mavjud. Toshkent — O‘zbekiston poytaxti va mamlakatning eng yirik transport markazi. Xo‘jand — O‘zbekiston chegarasiga qulay joylashgan Tojikistonning asosiy savdo shahri.

OTB vakillari uchala shahar va uning atrofidagi tumanlarda ham aholi soni ko‘pligini, shuningdek, bu kabi koridorni kelajakda rivojlantirish uchun tayyor baza mavjudligini ta’kidlamoqda. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatib o‘tilgan viloyatlarda butun Markaziy Osiyoning 15 foiz aholisi istiqomat qiladi. Shuningdek, ular strategik jihatdan xalqaro bozorlarga bog‘langan.

“Qozog‘iston va O‘zbekiston, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi tomonga o‘zgardi. So‘nggi ikki yil ichida ushbu davlatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik yetarli darajada jadal rivojlandi. Xususan, Toshkent va Dushanbe o‘rtasida avval uzilib qolgan aloqalar qayta tiklandi”, — deydi MDH mamlakatlari insituti iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Aza Migranyan.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, loyiha muvaffaqiyatli amalga oshgudek bo‘lsa, bu iqtisodiyotning sanoatlashuvi va modernizatsiyasi uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi. Bu esa savdoning kengayishi, YaIMning ko‘tarishili hamda Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan eksport hajmining oshishiga olib keladi.

Loyiha uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, shaharga yaqin joylashgan hududlarda istiqomat qiluvchi aholining bandligini ta’minlash va biznesning rivojlanish imkoniyatini o‘rganish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy iqtisodiy hamkorligiga a’zo mamalatlar talabi bilan ishlab chiqilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют