» » Chimkentda Toshkent savdo uyi ochiladi

Chimkentda Toshkent savdo uyi ochiladi


12?13-may kunlari Qozog‘istonning Chimkent shahrida toshkentlik tovar ishlab chiqaruvchilarning birinchi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda, Toshkent hokimiyati matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Toshkentlik 150 dan ortiq tadbirkor qo‘shni shaharda turli sohalar, jumladan, mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, mebel va qurilish materiallari ishlab chiqarish singari sohalarga oid mingdan ortiq mahsulotlarini namoyish etdi.

Ko‘rgazmaga Janubiy Qozog‘iston viloyatidan 5 mingdan ortiq tijoratchi tashrif buyurdi. Shartnoma va eksport bayonnomalarining umumiy hajmi 18 million dollardan oshdi.

Tadbir doirasida, shuningdek, Chimkent va Toshkent hokimiyatlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat Chimkentda Toshkent savdo uyining ochilishini hamda savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishini nazarda tutadi.

Bundan tashqari, toshkentlik artistlarning konsertlari, o‘zbek oshxonasi festivali o‘tkazildi.

Toshkent hokimiyati shu kabi ko‘rgazmalarni Olmaotada (Qozog‘iston), O‘shda (Qirg‘iziston) va Ashxobodda (Turkmaniston) o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 130) ( 0) ( 130) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют