» » Luiziana abortni taqiqlagan AQShning beshinchi shtati bo‘ldi

Luiziana abortni taqiqlagan AQShning beshinchi shtati bo‘ldi


Luiziana gubernatori, demokrat Jon Bell Edvards homilaning yurak urishini aniq eshitish mumkin bo‘lgan, ya’ni homiladorlikning oltinchi haftasidan so‘ng abort qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Qayd etilishicha, Luzianadagi ushbu qonun federal sud Missisipida avvalroq qabul qilingan xuddi shu mazmundagi qonunni ma’qullasagina kuchga kiradi.

Missisipi va Luizianadan tashqari, homiladorlikning oltinchi haftasidan so‘ng abort qilishni taqiqlovchi qonunlar AQShning Kentukki, Ogayo, Jorjiya va Alabama shtatlarida ham qabul qilingan.

Ushbu qonunlarning ayrimlari hatto zo‘rlash va insest hollarida ham abort qilishga ruxsat bermaydi. Hozirgi vaqtda ushbu qonunlarning birortasi kuchga kirmagan.

Luiziana gubernatori a’zo bo‘lgan Demokratlar partiyasi olti haftadan keyin abort qilish taqiqini qo‘llab-quvvatlamaydi. Ammo Edvardsning o‘zi abortlarning ashaddiy dushmani sifatida tanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют