» » Toshkentda Davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshirilayotgan ishlar haqida matbuot anjumani o‘tkazildi

Toshkentda Davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshirilayotgan ishlar haqida matbuot anjumani o‘tkazildi


Davlat bojxona qo‘mitasida 29-may kuni “Bojxona organlarida joriy etilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va interaktiv xizmatlarning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qo‘mita mabuot xizmatining xabar berishicha, unda jurnalistlar, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda bir qator tadbirkorllik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan kelgusida “Yagona darcha”, “Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestri”, “Intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reyestri” kabi 10 dan ortiq axborot tizimlari hamda “Bojxona to‘lovlari bo‘yicha solishtiruv dalolatnomalari” interaktiv xizmatining mobil talqini, avtotransport vositalarini Davlat chegarasi orqali o‘tishda navbatlarni boshqarish elektron tizimini joriy etish ustida ishlar olib borilmoqda.

Tadbirda jurnalistlarga davlat bojxona xizmati organlarini jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan bojxona nazoratining zamonaviy texnik vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham batafsil axborotlar berildi.

Jumladan, bugungi kunda tadbirkorlar uchun eksport-import operatsiyalarida talab etiladigan hujjatlar, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan vaqt hamda tadbirkorlar mablag‘larini tejash maqsadida bojxona organlari bilan bog‘liq jarayonlar to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi. Buning uchun yuk bojxona chegarasiga kirib kelishidan toki bojxona rasmiylashtiruvi tugallangangunga qadar jarayonni o‘z ichiga qamrab olgan 51 ta avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va 14 ta elektron interaktiv xizmatlar joriy etilgan.

Hozirda respublikadagi chegara va temir yo‘l bojxona postlari orqali harakatlanayotgan avtotransport vositalari hamda temir yo‘l sostavlarini bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtini qisqartirish maqsadida respublikamiz bojxona postlari bosqichma – bosqich inspeksion ko‘rik majmualari bilan ta’minlab kelinmoqda va bugungi kunda 17 ta bojxona postlari 19 komplekt inspeksion ko‘rik majmualari bilan ta’minlangan.

Endilikda tadbirkorlar va tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) qatnashchilari bojxona to‘lovlarini bank idoralariga bormasdan va o‘z ofislaridan chiqmasdan turib, qisqa vaqt ichida va qulay usullarda to‘lash imkoniyatlari joriy qilindi. Ya’ni, bojxona to‘lovlarini Click, Payme yoki Upay to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, tadbirkorlar va fuqarolarning murojaatlari, takliflari va muammolarini zudlik bilan ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida, DBQ markaziy apparatida 11-08 qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi. Mazkur tizim orqali joriy yil davomida 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan va ularga batafsil javob berilgan.

Tadbirkorlik sub’ektlariga meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida 2019 yil 10 maydan boshlab, O‘zbekistondan eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlari to‘g‘risida DBQ rasmiy-veb sayti orqali interaktiv ma’lumotlar taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют