» » Sogliqni saqlash vazirligi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ommaviy salomatlik tadbirlari otkazdi

Sogliqni saqlash vazirligi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ommaviy salomatlik tadbirlari otkazdi


Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Soglom bola yurt kelajagi shiori ostida navbatdagi ommaviy salomatlik tadbirlari tashkil etildi, deya xabar bermoqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bolimi.

Ozbekistonning barcha hududlarida yuqumli bolmagan kasalliklarning oldini olish, soglom turmush tarzini qollab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan say-harakatlar muhim ahamiyatga ega bolib, ularda aholi faol ishtirok etmoqda.

Bu safargi tadbirlar bolalar salomatligiga bagishlandi. Unda maktabgacha va maktab yoshidagi oquvchilari ortasida salomatlik startlari otkazildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari va aholi ishtirokida qator tibbiyot muassasalarida besh kilometrga faol yurish va gimnastika mashgulotlari ham tashkil etildi.

Malumki, kompyuter texnologiyalari asrida, afsuski, bolalar ortasida ochiq maydonlarda jismoniy harakat talab etadigan oyinlarning ahamiyati pasayib ketdi. Natijada, bu ularning jismoniy va psixologik holatiga malum manoda salbiy tasir korsatmoqda. Shuning uchun ham bolalarni gimnastika va sport oyinlariga koproq vaqt sarflashga undash lozim.

Yengil mashqlar hatto chaqaloqlar uchun ham foydali hisoblanadi. Ular bolaning tanasini chiniqtiradi, immunitetini kuchaytirib, chidamliligini oshiradi. Bolalikdan boshlangan jismoniy tarbiya uning jismoniy mashqlarga mehrini uygotadi. Bu esa kelajakda uning sogligiga tizimli ijobiy tasir korsatishi turgan gap.

Bolalarga yengil gimnastika mashqlarini ertalab qilish tavsiya etiladi. Oilada bunday mashgulotlar odatiy bolsa, bolalar jon deb shugullanishadi. Ammo ular taqlid qilishni yaxshi korganliklari bois kattalarga ergashib, tanasini zoriqtirib qoyishlari mumkin.

Bolalar uchun jismoniy tarbiya mashqlari oyin shaklida bolishi maqsadga muvofiq. Badiiy gimnastika bolalar uchun juda foydali hisoblanadi, jumladan, egiluvchanlik va muvozanatni, harakat azolarini rivojlanadi.

Bolalar uchun eng yaxshi jismoniy tarbiya bu muntazam yurishdir. Bolalar kochaga chiqqanda faqatgina qumda oynab yoki argamchida uchib otirmasdan faol yurishga ham organishi kerak. Tort yoshli bolalar uchun yurish taxminan 15-20 daqiqadan oshmasligi kerak. 5 yoshga tolganda esa yurish 30-40 daqiqa davom etsa maqsadga muvofiq.

Toza havoda muntazam yurish nafaqat salomatlikni yaxshilaydi, balki nafas olish, mushak, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. Yurganingizda mushaklarning faol harakati tufayli tomirlarda qon aylanishi yaxshilanadi.

Natijada varikozning oldi olinadi, organizmdan toksinlar chiqib ketadi. Umuman olganda, yurish vujudga ijobiy tasir korsatib, immunitet va chidamlilikni oshiradi, aqliy salomatlikni mustahkamlab, uyquni yaxshilaydi.

Mutaxassislarning fikricha, yurish yugurish va boshqa jismoniy mashqlardan kora anchayin foydaliroqdir. Salomatlik maqsadida yurish uchta tamoyilga asoslangan. Birinchisi, Zarar qilmang, yani intensivlik va davomiylik tananing holatiga mos kelishi kerak.

Ikkinchisi, bosqichma-bosqich, yani surat, vaqt va muddat tana uchun ortiqcha bosimlarsiz osib borishi lozim. Uchinchi tamoyil esa muntazamlik, yani yurishning kunlik miqdoriga amal qilish. Tavsiyaga kora, yurish haftasiga 3-4 marta, kamida 30 daqiqa davom etishi talab etiladi.

Qayd etishlaricha, Sogliqni saqlash vazirligi ushbu yonalishdagi say-harakatlarni tizimli ravishda davom ettiradi. Xususan, iyun oyining har shanba kuni Tanlov sizdan: tamaki yoki soglom opkalar, Soglom ovqatlanish soglom hayot demakdir, Zararli odatlar umr kushandasi, Jismoniy faollik uzoq umr korish garovi shiorlari ostida ommaviy salomatlik tadbirlari otkazilishi kozda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-06-2019, 19:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -