» » O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi: “Samarqandda ayovsiz do‘pposlangan ayolni rasman xotini bor erkakka nikohlagan mulla javobgarlikka tortilishi kerak”

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi: “Samarqandda ayovsiz do‘pposlangan ayolni rasman xotini bor erkakka nikohlagan mulla javobgarlikka tortilishi kerak”


Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Mingtepa” mahallasida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan Z.U. nikohi FHDYo bo‘limi orqali rasmiylashtirilmagan turmush o‘rtog‘i K.G. tomonidan payshanba o‘tar kechasi ayovsiz do‘pposlangani haqida xabar berilgan edi.

“Gazeta.uz” nashri O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyevaga asoslanib ma’lum qilishicha, K.G. FHDYo organlarida boshqa ayol bilan rasmiy nikohda bo‘lgan; uning Z.U. bilan 18-maydagi nikohi FHDYo organlarida rasmiylashtirilmagan.

“Xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu nikohni o‘qigan mulla rasmiy nikoh hujjatisiz ushbu marosimni o‘tkazgani uchun qonuniy javobgarlikka tortilishi kerak, deb hisoblaydi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, K.G. spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan, oilaviy-maishiy mojarolar tashabbuskori va davolanish tavsiya qilingan fuqarolar ro‘yxatida bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют