» » Samarqandda turmush ortogi tomonidan dopposlangan ayolning ishi Ozbekiston bosh prokurori tomonidan alohida nazoratga olindi

Samarqandda turmush ortogi tomonidan dopposlangan ayolning ishi Ozbekiston bosh prokurori tomonidan alohida nazoratga olindi


Samarqand viloyati Bulungur tumani Mingtepa mahallasida yashovchi 1989-yilda tugilgan Z.U. nikohi FHDYo bolimi orqali rasmiylashtirilmagan turmush ortogi K.G. tomonidan payshanba otar kechasi ayovsiz dopposlangani, ayol ogir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

Gazeta.uzning xabar berishicha, yuz bergan voqeaga qaramay, Z.U. ichki ishlar bolimiga ariza bermasligini malum qilgan. Biroq yakunda ariza baribir berilgan. Xabar berishlaricha, hozirda K.G. hibsga olingan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qozgatilgan.

Ozbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning Gazeta.uzga malum qilishicha, kopchilik holatlarda maishiy zoravonliklar Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasi boyicha malakalanadi. Unga kora, jinoiy harakatlarni jabrlanuvchi tomon arizasi bolgan taqdirdagina boshlash mumkin.

Bu kabi holatlarda jabrlanuvchilarning qarorlari, afsuski, ularga qonun berayotgan huquqlarga emas, ommaviy muhokamalardan qorqish, maishif himoyalanmaganlik, ruhiy va psixologik komakning yoqligiga tayaniladi. Yani, bu yerda jinoiy-huquqiy emas, balki asosan ijtimoiy jihatlar inobatga olinadi. Maishiy zoravonliklardan aziyat chekkan ayollar nafaqat yaqinlari, balki mutaxassislarning ham ruhiy va ijtimoiy komagiga ehtiyoj sezadi, dedi u.

Surayyo Rahmonovaning alohida takidlashicha: Bosh prokuratura maishiy zoravonliklar bilan bogliq bu kabi holatlarning har biriga qonun doirasida huquqiy baho berilishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishi boyicha qatiy pozitsiyasini bildiradi.

Malum qilishlaricha, ushbu ish Ozbekiston bosh prokurori Otabek Murodov tomonidan alohida nazoratga olingan.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-06-2019, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -