» » Toshkentdagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markaziga direktor tayinlandi

Toshkentdagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markaziga direktor tayinlandi


Hukumat qarori bilan Rasul Rahmonov Toshkentdagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi ijrochi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, iqtisodiyot fanlari nomzodi Rasul Rahmonov bungacha O‘zbekiston Milliy universitetida Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Toshkentdagi Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, AKT, OAV, tadbirkorlik, tabiiy fanlar va pedagogika sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

Prezidentning 2019-yil 20-martdagi qarori bilan bilan tashkil etilgan Vebster universitetining Toshkent markazida 2019/2020-o‘quv yilidan o‘quv jarayonlari boshlanadi, bu yerda bakalavriatning asosiy 14 ta ta’lim yo‘nalishlari hamda 16 ta magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют