» » Uzbekistan airways bortida eng mazali taomlar taqdim etiladigan aviakompaniyalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Uzbekistan airways bortida eng mazali taomlar taqdim etiladigan aviakompaniyalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi


“Tutu.ru” servisi bortida eng mazali taomlar taqdim etiladigan xorijiy aviakompaniyalar reytingini tuzdi.

Buning uchun 2018-yil aprelidan 2019-yil apreligacha bo‘lgan muddatda yo‘lovchilar tomonidan qoldirilgan 27500 ta fikr tahlil qilindi.

Birinchi o‘rinni, ikki yil avvalgidek, Uzbekistan airways egalladi.

Ikkinchi o‘rinda Azerbaijan Hava Yollary qayd etildi. Ushbu aviakompaniya yo‘lovchilariga yeguliklar ro‘yxatiga salatlar, yong‘oqlar, desert va vino kirishi ma’qul bo‘lgan.

Yetakchilar uchligini Turkish Airlines yakunlab bergan. Ko‘pchilik yo‘lovchilar ushbu tashuvchi bortidagi taomlar sifatini maqtaydi. Shu bilan birga, ularda barchaga ham yoqavermaydigan o‘ziga xos “sharqiy ta’m” borligini ta’kidlaydiganlar ham bor.

Taqdim etadigan taomlari sifatida bo‘yicha kuchli o‘nlikka, shuningdek, Lufthansa, Air Astana, Georgian Airways, Ellinair, Somon Air, Aegean Airlines va Air Moldova ham kirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют