» » Xalq ta’limi vazirligi vaqtinchalik binoga ko‘chib o‘tdi

Xalq ta’limi vazirligi vaqtinchalik binoga ko‘chib o‘tdi


Xalq ta’limi vazirligi yangi binosida qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetgunga qadar vaqtinchalik Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markaziga ko‘chdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalq ta’limi vazirligining vaqtinchalik binosi Toshkent shahri, Mirobod ko‘chasi, 14-uyda joylashgan. Mo‘ljal — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yoki Yakkasaroy FXDYo.

Ko‘chish munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligining telefon raqamlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Toshkent hududiy markazi yozgi ta’til vaqti davomida Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 9-uyda vaqtinchalik joylashadi.

Hududiy markazning iyun oyida rejalashtirilgan darslari Toshkent shahridagi bir necha maktablarda bo‘lib o‘tadi. Ta’til tufayli iyul va avgust oylarida darslar bo‘lmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 125) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют