» » O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimi soddalashtirildi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimi soddalashtirildi


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda xalq ta’limi tizimidagi 1000 nafar rahbar va mutaxassis xodimlarning masofadan malakasini oshirish bo‘yicha 2019-yil rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, yanvar-aprel oylarida umumiy o‘rta ta’lim, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari rahbar kadrlari zaxirasi bo‘yicha 300 nafar tinglovchilarni masofadan malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Masofadan malaka oshirish menejerlik kursining tinglovchilari uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 3 ta blok 15 ta modul bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, 10 haftalik masofaviy ta’limdan so‘ng institutda yakuniy mashg‘ulotlar va yakuniy nazorat sinovlari o‘tkazilib, muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.

“Hozirgi kunda mutaxassislar malaka oshirishda masofaviy ta’lim tizimidan tobora kengroq foydalanib kelmoqda. Bu imkoniyatning afzalligi masofa va vaqt talab etmasligi, tinglovchining ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘z xohishiga muvofiq amalga oshirishi bilan belgilanadi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют