» » 2018-yili 2000 nafar xalq ta’limi xodimi masofaviy malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi

2018-yili 2000 nafar xalq ta’limi xodimi masofaviy malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi


2018-yili 2000 nafar xalq ta’limi muassasalari rahbar va mutaxassislari masofaviy malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi. Bu haqda Masofadan o‘qitishni rivojlantirish markazi mudiri Asqar Ibraymov “Daryo”ga ma’lum qildi.

2018-yilning birinchi yarimida 1454 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslariga jalb etilgan. 2018-yildan boshlab maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazilgan.

Xalq ta’limi tizimida masofadan malaka oshirish 2009-yildan boshlangan. Jumladan, 2009-yili bir qator mutaxassislar Germaniyada masofadan o‘qitish bo‘yicha tajriba orttirgan. Mutaxassislar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11 ta fan (keyinchalik 14 taga yetkazildi) o‘qituvchisi uchun masofaviy kurslar ishlab chiqildi. Ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilingan MOODLE platformasiga barcha masofaviy kurslarning metodik ta’minoti joylashtirildi.

Masofaviy kurslar 2010-yildan boshlab respublika miqyosida joriy qilingan. 2013-yildan xalq ta’limi muassasalari rahbar va mutaxassis xodimlari uchun masofaviy kurslar tashkil qilingan.

Hozirgi kunga qadar 35 999 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari, 2 583 nafar xalq ta’limi muassasalari rahbar va mutaxassislari — jami 38 585 nafar xalq ta’limi xodimi masofadan malaka oshirish kurslariga jalb etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют