» » O‘zbekistonlik ziyoratchilar Ka’ba sahnidan reportaj tayyorladi (video)

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Ka’ba sahnidan reportaj tayyorladi (video)


Saudiya Arabistonidan O‘zbekiston televideniyasining “Kun xabarlari” dasturi uchun maxsus reportaj tayyorlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov ziyorat safari mobaynida mana bir necha kunlardan beri kunlik maxsus videolavhalar  tayyorlab kelmoqda.

“Harami Sharifda keyingi qayta qurilishlar tufayli 2 mln ziyoratchiga ibodat joylari yaratilgan. Ammo mahalliy matbuotda ta’kidlanishicha, bu yilgi qadr kechasida 3 mlnga yaqin dunyo mamlakatidan kelgan ziyoratchilar va yana bir million saudiyaliklar jamul-jamlikda yaratganga iltijo qilib, ibodatda bo‘ldilar. Ka’ba sahni, to‘rt qavatli son-sanoqsiz binolar, Haram atrofidagi ko‘cha va maydonlar hatto yirik supermarketlarning ichki sahinlarida ham joy qolmadi. Ha, Qur’oni Karimning birinchi nozil qilgan oyatlari qadr kechasi tushirilgan va shu kechada qilingan ibodat boshqa ming oylardagi ibodatdan afzaldir deyiladi. O‘zbekistonlik ziyoratchilarning asosiy qismi tashkiliy ishlar tufayli Ka’ba sahni maydonidan joy oldilar. Ular shu ulug‘ kecha sharofatidan ollohdan jannatmakon yurtimizga tinchlik, farovonlik va qut baraka tiladilar”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют