» » O‘zbekiston Mehnat vazirligi fuqarolarni Koreyaga ishga yuborish bo‘yicha yangi tizimni taqdim etdi

O‘zbekiston Mehnat vazirligi fuqarolarni Koreyaga ishga yuborish bo‘yicha yangi tizimni taqdim etdi


O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarni keyinchalik Janubiy Koreyada ishga joylashtirish uchun koreys tili bo‘yicha test sinovidan o‘tkazish tartibidagi o‘zgarishlar haqida ochiq taqdimot o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Mazkur o‘zgarishlar korrupsiya va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik, shaffoflik va jamoat nazorati kabi uch muhim tamoyilga asoslangan.

Nimalar o‘zgardi?

Birinchi, EPS-TOPIC’ka kirish uchun koreys tilini bilish bo‘yicha saralash testlarni o‘tkazish huquqi barcha tadbirkorlik subyektlariga berildi. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan Bilimni baholash markazi sifatida akkreditatsiyadan o‘tish zarur. Hozirgi kunda Andijon va Samarqanddan ikkita tashkilot akkreditatsiyadan o‘tdi. Bilimni baholash markazlari ro‘yxati mana bu manzil bo‘yicha joylashtirilgan.

Ikkinchi, EPS-TOPIC’ka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlari natijalari 2019-yil 1-iyundan boshlab, dinamik reyting ko‘rinishida ochiq holda test.mehnat.uz saytiga joylashtirib boriladi. Reytingdagi o‘rinlar to‘plangan ballardan kelib chiqib shakllanadi.

Uchinchi, EPS-TOPIC’ka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlarida foydalaniladigan savollar ochiq holda ushbu manzil bo‘yicha joylashtirilgan.

To‘rtinchi, EPS-TOPIC test sinovlaridan o‘tgan har bir fuqaro o‘zining Koreya Respublikasida ishga joylashish statusi haqida yangi ishga tushirilgan korea.mehnat.uz sayti orqali ma’lumot olishi mumkin.

Mazkur o‘zgarishlar test o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini Koreyada ishga joylashtirish, shuningdek, saralashda hamma uchun birdek sharoit yaratish jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют