» » “Gaz ballon bilan urilgan”: STV shafqatsiz kaltaklangan samarqandlik kelinchak haqidagi lavhani namoyish etdi (video)

“Gaz ballon bilan urilgan”: STV shafqatsiz kaltaklangan samarqandlik kelinchak haqidagi lavhani namoyish etdi (video)


Samarqandning STV telkanali 10 kunlik kelinchak Zuhra Umarovaning eri tomonidan shavqatsiz kaltaklangani haqida videolavha namoyish etdi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz 18-mayda turmushga chiqqan. To‘ydan 10 kun o‘tgach, mast holatdagi turmush o‘rtog‘i noma’lum sabablarga ko‘ra unga tashlanib, ayovsiz kaltaklagan. Kelin hushsiz holda kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga olib kelingan.

“Og‘zidan qon oqar edi, boshi yorilgan. Sal qolsa eri uni o‘ldirib qo‘yishi mumkin edi. Mana, oradan to‘rt kun o‘tdi, lekin hech kim xabar olgani kelmadi”, — degan Zuhraning onasi.

Qayd etilishicha, kelin jonlantirish bo‘limiga olib kelinganda eriga qarshi ariza yozishdan bosh tortgan. Avvalroq ichki ishlar xodimlari “qizingizni o‘z pulingizga davolating, u oiladan pul so‘rab yurmang” deya maslahat bergani hamda “o‘zingizga qimmatga tushadi” degan so‘zlardan so‘ng ona o‘z qizini hatto tibbiy ekspertizadan ham o‘tkazmagani haqida xabar berilgan edi.

Qizning onasining so‘zlariga ko‘ra, qiz qattiq qo‘rqib ketgan va uning eri shifokorlarga zinadan tushib ketdim deb aytishni talab qilgan. Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi jabrlanuvchini o‘z himoyasiga oldi.

Qo‘mita vakilining so‘zlariga ko‘ra, qizning ota-onasi kuyovning ichkilikka ruju qo‘yganini bilgan, lekin qizning yoshi sababli (kelin 30 yoshda) turmushga chiqishga ko‘ndirishgan. Jabrlangan kelin ikkinchi xotin bo‘lgan. Nikoh qonunan rasmiylashtirilmagan. Ularni mahalliy imom sha’riy nikohlab qo‘ygan.

Imomning so‘zlariga ko‘ra, erkakning qonunan ajrashmagan yana bir xotini borligini bilmagan. U bir haftadan so‘ng nikoh guvohnomasini olib kelishga va’da bergan.

Kelinning eriga nisbatan jinoiy ish ochilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют