» » O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 2019—2030-yillar milliy strategiyasi yaratildi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 2019—2030-yillar milliy strategiyasi yaratildi


Toshkentdagi Vestminster universitetida 31-may kuni “Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar, oziq-ovqat mahsulotlari va oziqlanish xavfsizligi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Unda Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy tadqiqot instituti (IFPRI), O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, shuningdek, dehqon, fermer xo‘jaligi kengashlari hamda uy-joy mulkdorlar shirkati vakillari va ilmiy doirasi ishtirok etdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, vazirlik tomonidan 2019—2030-yillarga mo‘ljallangan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya yaratilgan bo‘lib, unda asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligi hududlarini rivojlantirish va qishloq aholisi turmush darajasini oshirishga qaratilgan. Uning aytishicha, hujjat ishlab chiqish jarayonida bo‘lib, tez orada jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

“Mamlakatdagi millionlab kishilar hayotining sifati va darajasi, ish bilan bandligi bevosita qishloq xo‘jaligi sektori bilan bog‘liqdir”, — deb ta’kidladi vazir.

IFPRI bosh direktori Shenggen Fan oziq-ovqat global siyosati bo‘yicha 2019-yil hisobotini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq joylarda bandlikka bo‘lgan ehtiyojni qondirish va oziq-ovqat xavfsizligini oshirish maqsadida islohotlarni jadallashtirish, institutsion mexanizmlarni takomillashtirish va mahalliy integratsiya imkoniyatlarini o‘rganish orqali iqtisodiyotda xususiy sektor rolini kuchaytirishi lozim.

Hisobotda qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari 2018-yilda Rossiya va Xitoyda iqtisodiy o‘sishning pasayishi salbiy oqibatlarni sezilarli darajada yengib o‘tdi. Eksportdagi daromadlar, pul o‘tkazmalari, shuningdek, investitsiyalar O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston iqtisodiy faoliyati va oziq-ovqat xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ta’kidlanishicha, dunyodagi qishloq xo‘jaligi hududlari shaharga nisbatan hali ham yetarli darajada xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlanmagan va bir qator muammolarga duch kelmoqda.

Xitoyda — ekologik inqiroz, Hindistonda — jiddiy agrar inqirozi, Afrikada esa o‘sib borayotgan yoshlar sonining ortishi bilan ish o‘rinlarining yetishmasligi kuzatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют