» » Vyacheslav Golishev: O‘zbekistonda hamma ham oilasi va daromadlari haqidagi savollarga javob berishga tayyor emas

Vyacheslav Golishev: O‘zbekistonda hamma ham oilasi va daromadlari haqidagi savollarga javob berishga tayyor emas


O‘zbekistonda oxirgi 30 yil mobaynida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmadi. Bu haqda Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Vyacheslav Golishev ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

“Biz bu ishning yo‘l-yo‘rig‘ini yo‘qotdik. Undan tashqari, o‘tgan vaqt mobaynida shart-sharoit, uslublar, ko‘lam o‘zgardi. Agar 30 yil avval respublikaning doimiy aholisi 20 million atrofida bo‘lsa, hozir 32 milliondan oshib ketdi”, — dedi Golishev.

Bu boradagi o‘ziga xos jihatlar va muammolarga to‘xtalar ekan, Prezident maslahatchisi migratsiyaning yuqori darajasi va aholining katta qismida yetarli tushuncha mavjud emasligini keltirib o‘tdi.

“Xorijga ishlashga ketganlarning daromadlarini an’anaviy statistika ma’lumotlarida qanday aks ettirishni o‘ylash kerak. Aholi munosabatiga kelsak, joylarda juda katta ko‘lamda tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Hamma ham uyiga ro‘yxatga oluvchi kelib, oila tarkibi, daromadlari miqdori va boshqa shaxsiy savollarni berishiga tayyor emas. Odamlarga bu nima uchun kerakligini tushuntirish kerak”, — ta’kidladi Golishev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют