» » “Manchester Yunayted” “Inter”dan Lukaku uchun 70 mln yevro talab qilmoqda

“Manchester Yunayted” “Inter”dan Lukaku uchun 70 mln yevro talab qilmoqda


“Inter” “Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku transferi yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Milan klubi 26 yoshli belgiyalikning shartnomasi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra klub futbolchining tovon pulini bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 8 million yevroga qisqartirishga erishdi.

Ma’lum qilinishicha, “qizil iblislar” Lukaku uchun 70 million yevro talab qilmoqda.

“Neradzurilar” Lukakuning transfer narxini kamaytirishni xohlamoqda hamda uning shartnomasi bandiga yarim himoyachi Ivan Perishichni ham kiritmoqchi. Inglizlar Joze Mourinyo klub murabbiyiligi davrida Perishichga jiddiy qiziqqandi.

Ayni damda esa “Manchester Yunayted”ning xorvatiyalikka qiziqishi so‘ngan. Shuning uchun “Inter” Lukaku transferini amalga oshirish uchun imkon qadar tezroq Mauro Ikardini sotib yuborishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Romelu Lukaku “qizillar” tarkibiga “Everton”dan 75 million funt evaziga kelib qo‘shilgandi. Ushbu mablag‘ bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 90 millionga yetdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют