» » Namanganda gavjum maskanlarga Face control qurilmasi o‘rnatilmoqda. U qidiruvda bo‘lgan shaxslarni topishda ko‘mak beradi

Namanganda gavjum maskanlarga Face control qurilmasi o‘rnatilmoqda. U qidiruvda bo‘lgan shaxslarni topishda ko‘mak beradi


Namangan shahar IIO FMB tomonidan gavjum maskanlarga Face control dasturiy ta’minoti o‘rnatilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qurilma joylashgan hudud muntazam videokuzatuv ostida bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri IIO FMB vaziyat markazi nazoratida turadi. Qurilma ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxslarni topish va muayyan huquqdan cheklov olgan fuqarolarni nazorat qilishda asosiy ko‘makchi vazifasini bajaradi.

Apparat dasturiy ta’minoti bazasiga kiritilgan shaxslarning yuz qismi bilan qurilma kamerasiga tushgan fuqarolarning yuz qismi bir biriga solishtiriladi va o‘xshashlik jihati foiz ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi. O‘xshashlik holati 80 foizdan yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan taqdirda qurilma avtomatik tarzda navbatchilik qismiga signal beradi. Shundan so‘ng voqea joyiga xodimlar yo‘naltiriladi.

Shuningdek, ushbu apparat Probatsiya bo‘limi nazoratida turgan va ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan, biroq sud tomonidan belgilangan tartib-qoidalarni buzayotgan fuqarolarni nazorat qilishda ham alohida o‘rin tutadi.

Tizimga olib kirilgan bu kabi zamonaviy texnologiyalar jinoyatlarning oldini olish, jinoyatchini tezkorlik bilan qo‘lga tushirishda samara berishi bilan bir qatorda ichki ishlar organlari xodimlarining ham ishini yengillashtirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют