» » “Viloyatga qoldirilsa, sherigi ham, ‘jallodi’ ham hokimning o‘zi bo‘ladi”. 10 mln dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalari nima uchun hukumat qarori bilan amalga oshirilishi tushuntirildi

“Viloyatga qoldirilsa, sherigi ham, ‘jallodi’ ham hokimning o‘zi bo‘ladi”. 10 mln dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalari nima uchun hukumat qarori bilan amalga oshirilishi tushuntirildi


“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunda umumiy qiymati 10 million dollardan yuqori bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Shuhrat Jo‘rayevning ma’lum qilishicha, bunday norma hududiy hokimliklarning xususiy sherikka nisbatan ta’sirini kamaytirish uchun kiritilgan.

O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 3-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev, deputat Shuhrat To‘xtaboyev va Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Shuhrat Jo‘rayev ishtirokida jurnalistlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovning xabar berishicha, unda 2019-yil 10-mayda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunning ahamiyati, asosiy maqsadlari haqida ma’lumot berilgan.

Shuhrat Jo‘rayevning ta’kidlashicha, qiymati 10 million dollardan ortiq bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining Vazirlar Mahkamasi qarori bilan amalga oshirilishi bilan bog‘liq mexanizm quyi ijro organlarining xususiy sherikka nisbatan ta’sirini kamaytiradi.

“Loyiha uchun viloyatda yer ajratish masalasi to‘xtab turibdi, deb hisoblaylik.Agar sheriklik masalasi hokimlikka qolganida, sherigi ham, ‘jallodi’ ham hokimlikning o‘zi bo‘lib qolardi. Shuning uchun, masalani hal qilish nuqtai nazaridan, deputatlar va Prezident administratsiyasi maslahati bilan, qaror qabul qilish vakolati Vazirlar Mahkamasiga yuklatildi”, — dedi agentlik vakili.

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunda xususiy sherik tender yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida saralab olinishi nazarda tutilgan. Bunda bir bosqichli va ikki bosqichli tender o‘tkazish tartibi belgilangan.

Umumiy qiymati 1 million dollarga qadar bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha bir bosqichli tender o‘tkaziladi. Qiymati 1 million dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha esa ikki bosqichli tender o‘tkaziladi — u dastlabki malakani aniqlash va tender g‘olibini saralash bosqichlarini o‘z ichiga oladi.

Mavzuga doir: Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi qonun loyihasi o‘zbek tilida muhokamaga qo‘yilmagani uchun uzr so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют